Britaniya mudofaa vazirligi: Rossiya urushda qanotli raketalarning yadroviy kallaklarini olib tashlab foydalanmoqda

Jahon 16:03 / 27.11.2022 11341

Rossiya Ukrainadagi nishonlarga yadroviy kallaklari bo‘lmagan X-55 rusumli qanotli raketalarini uchirmoqda. Buyuk Britaniya razvedkasiga ko‘ra, sovet ittifoqi davrida ishlab chiqarilgan bunday eski raketalardan Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimini chalg‘itish va holdan toydirish maqsadida foydalanilayotgan bo‘lishi mumkin. 

Ochiq manbalarda 1980-yillarda ishlab chiqarilgan va yadroviy kallak tashish vositasi sifatida mo‘ljallangan, Ukrainada urib tushirilgan X-55 raketalari parchalari namoyish etilgan. Jangovar kallaklar, katta ehtimol bilan paxtavon kallakka almashtirilgan.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi qayd etishicha, bunday raketa garchi o‘z kinetik energiyasi va yonilg‘i qoldiqlari bilan zarar keltira olsa-da, nishonga jiddiy shikast yetkaza olmaydi. O‘z-o‘zidan, bundan maqsad ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimlarini chalg‘itish va holdan toydirish bo‘lishi mumkin.

Rossiyaning maqsadi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bunday «improvizatsiya» Rossiyaning uzoq masofalarga uchish qobiliyatiga ega raketalarining «tagi ko‘rinib qolgani»dan ham dalolat beradi.

17 noyabr kuni Ukrainadagi nishonlar bo‘ylab yo‘llangan raketalar orasida yadro kallagi bilan ishlatish uchun mo‘ljallangan X-55 raketalari ham bo‘lgani haqida 18 noyabr kuni xabar qilingandi. Bu xabarlarda yadro kallagi o‘rnida bo‘sh «bolvanka» (metall quymasi) bo‘lgani aytilgan.

Rossiya boshqa kunlarda ham shunday raketa uchirgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: