Zarba ostidagi Xerson va Donbassga kelgan MLRS. Urush suratlari

Jahon 23:59 / 26.11.2022 15716

Rossiya qo‘shini Xersondan 11 noyabr kuni chekingandi — endi esa shaharni tinimsiz o‘qqa tutmoqda. Ozod etilgan Xerson shahri harbiy ma’muriyati rahbari Galina Lugovayaning so‘zlariga ko‘ra, bir haftaning o‘zida rossiyaliklarning zarbalaridan tinch aholi vakillaridan 15 kishi halok bo‘ldi, shundan bir nafari chaqaloq. Shuningdek, shaharning muhim infratuzilma obektlari shikastlangan — odamlar elektr va suvsiz qolishgan. Faqat «Ukraina temiryo‘llari» Kiyevdan Xersonga poyezd harakatini yo‘lga qo‘yib, shaharning oldingi hayotini eslatmoqda.

Quyida 25 noyabr, urushning 275-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ozod etilgan Xerson rossiyaliklar tomonidan yana o‘qqa tutildi

Ko‘p kvartirali uydagi trubadan yomg‘ir suvini to‘playotgan kishi. Noyabr oyi boshida rossiyalik harbiylar Xersondan chiqib, Dneprning chap sohiliga o‘tishgandi. Chekinish chog‘ida ular  shaharning muhim infratuzilmalarini vayron qilishgan, jumladan energetika va ichimlik suvi ta’minoti obektlarini ham. Foto: Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Xersonlik ayol daraxtdan o‘tin tayyorlamoqda. Rossiyaliklarning Ukrainadagi energetika obektlari bo‘ylab yoppa zarbalari oqibatida elektr o‘chgan. 25 noyabr kuni Ukraina energetika vazirligi butun mamlakatda iste’molchilarning 70 foizi uchun energiya ta’minoti tiklanganini xabar qildi. Foto: Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainaga furgonlarda turli mamlakatlardan kelgan ko‘ngillilar odamlarni tekinga yangi tayyorlangan pitssalar bilan ovqatlantirmoqda. Ular hozircha Xersonda qoladi
Xersonda tekin yegulik uchun navbat
Shahar xizmati xodimlari shahar o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan ayol jasadini olib ketishmoqda. Fotosuratda o‘ng tomonda — uning qizi. Xerson shahri harbiy ma’muriyati rahbari Galina Lugovayaning xabar qilishicha, 20 noyabrdan 25 noyabrga qadar rossiyaliklarning shahar bo‘ylab yo‘llagan zarbalari oqibatida tinch aholi vakillaridan 15 kishi halok bo‘lgan, ulardan biri chaqaloq.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Shahar xizmati xodimlari otishma vaqtida o‘z mashinasida halok bo‘lgan ayol jasadini olib ketishmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xerson shahri harbiy ma’muriyati rahbari Galina Lugovayaning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada shahar 74 bor o‘qqa tutildi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain harbiylari 

Ukrainlarning «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochilishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi oldingi chiziqda harakatlanayotgan ukrain harbiylari
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Yarador ukrain askari Baxmutdagi shifoxonada, Donetsk oblasti
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainlarning MLRS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi Donetsk oblastidagi oldingi chiziqda
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
MLRS — baravar o‘t ochish reaktiv tizimi sifatida qo‘llanadigan universal uchirish qurilmasi. Ukrainaga bunday texnikani Germaniyadan yetkazib berishadi. Donbassda MLRS ilk bor tasvirga tushdi
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Ukraina temiryo‘llari va poyezdlar tiklanishi 

Ishchilar Xarkiv oblastidagi temiryo‘lni ta’mirlamoqda. Avgustdan buyon Ukraina qurolli kuchlari G‘arbdan olingan artilleriya yordamida (ayniqsa uzoq masofaga aniq zarba bera oluvchi HIMARS tizimlari) Donbass va Xarkiv oblastidagi temiryo‘l stansiyalariga, shuningdek ularning atrofidagi o‘q-dori omborlariga zarbalar yo‘llagan. Ukraina shu yo‘l bilan Rossiya qo‘shinlarining ta’minotini buzishga muvaffaq bo‘lgan va bu ustunlik evaziga muvaffaqiyatli qarshi o‘tkazgan
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda ishchilar poyezdga ko‘mir yuklamoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida «Ukrzalіznitsya» kompaniyasi («Ukraina temiryo‘llari») «Bilet k pobede»​​​​​​ loyihasini ishga ​tushirdi — bu ozod etilgan yoki hozircha okkupatsiyada bo‘lgan ukrain shaharlariga chiptalarni qo‘lga kiritish imkonini beradi (okkupatsiya ostidagi shaharlarga poyezdlar ular ozod etilishi bilanoq yo‘l olishi va’da qilinmoqda). Kiyevdan ozod etilgan Xersonga ilk reysda 200 kishi sayohat qilgan. Foto: Jeff J Mitchell / Getty Images
Ishchilar temiryo‘l sostavini tartibga keltirmoqda. Urushga qadar «Ukraina temiryo‘llari»ni samarasizlik uchun tez-tez tanqid qilishgan va korrupsiyada gumonlashgan, ammo endi kompaniya — mamlakatda odatiy hayot tarziga qaytishning ramzlaridan biriga aylandi.
Jeff J Mitchell / Getty Images

Rossiya armiyasining Chornobayivkada tashlab ketilgan bazasi 

Ukrain harbiysi Chornobayivkadagi «Xerson» xalqaro aeroportiga yaqin hududni tekshirib chiqmoqda. Rossiya armiyasi aeroportni urushning ilk kunlaridayoq egallab olgan, shundan keyin bu hudud bir necha oy davomida muntazam ravishda ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan. Chornobayivka xuddi Xerson kabi 11 noyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning shikastlangan texnikalari
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari aeroport hududida portlovchi buyumlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: