Ukraina razvedkasi Rossiyaning Belarusdan hujumga tayyorlanayotgani haqidagi xabarni rad etdi

Jahon 09:25 / 26.11.2022 7169

«Bunday axborot maxsus operatsiyasining maqsadi - Ukraina Qurolli kuchlarining Ukraina sharqida va janubida hujum salohiyatini zaiflashtirish uchun Ukrainani qo‘shinlarning muhim qismini Belarus bilan chegaraga o‘tkazishga undashdir. Shuningdek, bu belaruslarga go‘yoki Ukrainaning Belarus hududiga hujum qilish niyati borligini ko‘rsatmoqda va shu bilan belaruslarni urushga qo‘shilishga undamoqda», deyiladi "GUR"ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida

Bundan tashqari, bunday xabarlar «Ukraina jamiyatida vahima qo‘zg‘ashga qaratilgan va dushman ma’lumotlari hamda psixologik maxsus operatsiyalarining bir qismidir», deb ta’kidladi Ukraina harbiy razvedkasi. 

U ukrainaliklarni «dushman provokatsiyalariga berilmaslikka va faqat rasmiy axborot manbalariga ishonishga» chaqirdi.

Bundan oldin Ukraina razvedkasi Rossiya Qrim shimolida mudofaa chiziqlarini qurayotganini ma’lum qilgandi.

Ukraina harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari annexia qilingan Qrimni himoya qilishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda va yarimorolning chekkasida hamda uning shimoliy qismida mudofaa chiziqlarini qurmoqda. 

«Ular Xerson viloyatida Dniproning chap qirg‘og‘ida ham, yarimorolning shimolida - Qrim bilan ma’muriy chegarada ham mudofaa zonasini yaratmoqda, xususan, Jankoyning shimoliy qismida ikkita pozitsion hudud qurilmoqda. Bu ular uchun juda muhim, chunki Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumi natijasida Qrim shimoli Ukraina Qurolli kuchlari uchun nishonga aylanadi», dedi Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») vakili Andrey Chernyak «Ukrinform» agentligiga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, u Xerson va Zaporijjya viloyatlaridan evakuatsiya qilinayotgan rossiyaliklar va kollaborantlar Qrimga emas, Rossiya hududiga yetib borishga harakat qilayotganini ta’kidladi. 

Ko‘proq yangiliklar: