Turkiya tadbirkorlari O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida sarmoyaviy loyihalarni ishga tushirmoqchi

Iqtisodiyot 10:38 / 26.11.2022 2600

Giresun savdo-sanoat palatasi raisi Shukru Ataun va viloyat sanoat zonasi raisi Mete Baxadir Yilmaz bilan bo‘lib o‘tgan alohida muzokaralar natijasi o‘laroq, yaqin vaqt ichida turk sanoatchilaridan iborat delegatsiyaning mamlakatga amaliy safarini uyushtirishga kelishib olindi.

Zara, H&M va C&A kabi dunyoga mashhur brendlar uchun to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beruvchi - Kepsil Tekstil kompaniyasi bosh direktori Ali Fato‘g‘li O‘zbekiston to‘qimachilik kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Giresun viloyati Qora dengiz hududida joylashgan bo‘lib, aholisi soni 456 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Hududda sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sanoati ravnaq topgan. Viloyatda 2 ta sanoat zonasi hamda xalqaro dengiz bandargohi mavjud. 

Mintaqa eksporti salmoqli qismini yog‘ochsozlik, qadoqlash, asbob-uskuna, pardoz-andoz buyumlari, funduk, to‘qimachilik sanoati mahsulotlari tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: