Ozod qilingan Xersonda elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklandi

Jahon 17:52 / 26.11.2022 8717

«Va’da berganimizdek - biz buni bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida amalga oshirdik. Birinchi navbatda shaharning muhim infratuzilmasini, so‘ngra darhol maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaymiz», - deb yozadi u Telegram-kanalida

Timoshenko Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati («GSChS»), politsiya, elektrchilar va mahalliy hokimiyat xodimlariga bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bundan oldin Kirilo Timoshenko Ukrainaning barcha hududlariga elektr energiyasini yetkazib berish boshlangani to‘g‘risida xabar bergandi. 

«Birinchi navbatda, muhim infratuzilma obektlari tarmoqqa ulandi, maishiy iste’molchilarni ulash bosqichma-bosqich davom etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Yevroparlament Yevropa shaharlari ma’muriyatiga Ukrainaga turli turdagi bir necha yuzlab elektr generatorlarini yuborishga ruxsat beruvchi tashabbusni e’lon qilgandi.

Yevropa shaharlari tarmog‘i Eurocities va Yevropa Parlamenti Rossiya raketa hujumlaridan jiddiy zarar ko‘rgan Ukrainaning muhim infratuzilmasi ishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Umid generatorlari» kampaniyasini boshladi. Bu haqda Yevroparlament rahbari Roberta Metsola va Eurocities rahbari, Florensiya meri Dario Nardella matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: