O‘zbekiston Misrga guruch sotishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Iqtisodiyot 10:11 / 26.11.2022 5986

Suhbat chog‘ida oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston va Misr kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish va ikki tomonlama tajriba almashish  masalalari muhokama qilindi.

Mahmud al-Basyumiy Oziq-ovqat palatasi faoliyati haqida ma’lumot berdi. Palata 1958 yilda tashkil etilgan. Tashkilot Misr oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi shahodatnoma taqdim etish, soha rivojiga hissa qo‘shadigan strategiyalarni ishlab chiqish va qonun ijodkorligi bilan shug‘ullanadi, mamlakat oziq-ovqat sanoatining imijini yaratishi bilan birga uni turli xalqaro forumlarda taqdim etadi. Oziq-ovqat sanoati palatasi tizimi shakar, shirinliklar, sut va sut mahsulotlari, sharbatlar, sabzavot va mevalar, yog‘, don va ziravorlar kabi 9 bo‘limdan iborat. Palata sohada faoliyat olib borayotgan 18 mingdan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi.

Misr tomoni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi rahbari va vakillarini, sohada faoliyat yuritayotgan yirik o‘zbek kompaniyalarini 5-7 dekabr kunlari Qohirada bo‘lib o‘tadigan Food Africa 2022 xalqaro ko‘rgazmasida qatnashishga taklif qildi. Ko‘rgazma chog‘ida ikki mamlakat oziq-ovqat sanoati palatalari ishtirokida muzokaralar o‘tkazish, hamkorlik istiqbollarini belgilab oluvchi «Yo‘l xaritalari»ni tuzish tashabbusi bildirildi.  

Muloqot chog‘ida O‘zbekistondan Misrga guruch, Misrdan O‘zbekistonga sitrus mevalar va boshqa mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish mumkinligi qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: