Mask Twitter bloklansa, o‘z smartfonini chiqarishga tayyorligini aytdi 

Jahon 20:33 / 26.11.2022 8472

Podkastlar muallifi Liz Uiler: «Agar Apple va Google ilovalar do‘konidan Twitter olib tashlansa, Ilon Mask o‘z smartfonini yaratishi kerak. Mamlakatning yarmi noxolis va josuslik qiluvchi iPhone va Androidlardan mamnunlik bilan voz kechadi. Marsga uchish uchun raketa qurayotgan odamga oddiy smartfonni ishlab chiqarish qiyinchilik tug‘dirmasa kerak», deb taxmin qilganidan so‘ng, Mask «Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi, lekin agar boshqa tanlovim bo‘lmasa, men muqobil smartfon yarataman», deb javob qaytardi. 

Avvalroq, Twitter egasi Ilon Mask yaqin orada ijtimoiy tarmoq turli rangdagi verifikatsiya belgilariga ega obunalarni sotishni boshlashini ma’lum qildi: kompaniyalar uchun oltinrang, hukumatlar uchun kulrang va jismoniy shaxslar uchun ko‘k rangdagi. 

Ko‘proq yangiliklar: