AQSh o‘ta maxfiy B-21 samolyotini birinchi marta namoyish etadi

Jahon 00:34 / 26.11.2022 26713

Qo‘shma Shtatlar keyingi haftada jamoatchilikka yangi avlod strategik bombardimonchi B-21 Raider samolyotini birinchi marta namoyish etadi. Shu paytgacha u haqdagi ma’lumotlar sir saqlanayotgan edi.

Kelajakda B-21 AQSh yadroviy triadasining asosiy elementlaridan biriga aylanishi kerak. 

«B-21 Raider taqdimoti havo kuchlarimiz va mamlakatimiz uchun tarixiy voqea bo‘ladi. Oxirgi marta biz yangi bombardimonchi samolyotni 30 yildan ko‘proq vaqt oldin taqdim etgan edik», dedi Harbiy havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Ci Kyu Braun. 

Foto: Northrop Grumman

Yangi samolyot oddiy va yadroviy qurollarni olib yurishga qodir. Shakl jihatidan u V-2 samolyoti kabi uchburchaksimon bo‘ladi. Uning birinchi sinov parvozi 2023 yilda oshirilishi kerak.

B-21 samolyotining narxi 639 million dollarga baholanmoqda. Pentagon kelajakda 50 ga yaqin shunday samolyotga buyurtma bermoqchi. B-21 samolyoti 2025-2027 yillarda Qurolli kuchlar ixtiyoriga berilishi kutilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: