Dollarning rasmiy kursi 11200 so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot 21:14 / 11.11.2022 43790

O‘zbekiston Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

AQSh dollari kursi 12,04 so‘mga ko‘tarilgan va 12 206,9 so‘mga yetgan. Bu 27 apreldan buyon maksimum nuqta, o‘shanda Amerika valutasi 11 221,87 so‘mni tashkil etgandi.

11 noyabr kuni tijorat banklarida Amerika valutasi 11 250 so‘m kursida sotilgan. Sotib olish kursi 11 140 so‘mdan 11230 so‘mgachani tashkil etgan.

Yil boshidan buyon milliy valuta 3,6 foizga qadrsizlandi. Taqqoslash uchun, 2021 yil yakunlariga ko‘ra so‘mning qadrsizlanishi 3,1 foizga teng bo‘lgandi.

Yevro kursi esa birdaniga 358,29 so‘mga ko‘tarilib — 11 509,49 so‘mni tashkil etgan. Bu 22 iyundan buyon maksimumdir, o‘shanda Yevropa valutasi 11514,88 so‘mdan sotilgandi. Banklarda yevro sotuv kursi 11151 so‘mdan 12500 so‘mgacha, sotib olish kursi esa — 10000 so‘mdan 10950 so‘mgacha bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: