Surxondaryodagi xonadonlardan birida gaz portladi

Jamiyat 17:50 / 19.10.2022 1206

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 19 oktyabr kuni kuni soat 2:43 larda Uzun tumani “Mehnat” MFY Surxonboshi ko‘chasidagi uylardan birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilgan.

Dastlabki taxminga ko‘ra, voqea kelib chiqishiga yashash uyining yerto‘lasida bo‘lgan maishiy gaz balloni reduktoridan sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to‘plangani sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, portlash oqibatida xonada bo‘lgan uy egasi va uning farzandi turli darajada kuyish tan jarohati olgan, ayni vaqtda ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

2021 yilda Denovdagi «Indenim» savdo majmuasida chaqnash sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida bino ichida bo‘lgan 9 kishi jarohat olgan yana bir kishi vafot etgandi. Keyinchalik, portlash oqibatida 65ta uy zarar ko‘rgani, 6ta xonadon devorlari yorilib, yashash uchun yaroqsiz holga kelgani, 9 kishi turli darajada tan jarohatlari olib, vayronalar orasidan ikki kishining jasadi topilgani ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: