Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dual ta’lim tizimi Germaniya tajribasi asosida rivojlantiriladi
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida aholini kasb-hunarga tayyorlash va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida professional ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish va dual ta’limni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib borilyapti, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Oliy ta’lim vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida professional ta’limda dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish uchun mamlakat vakillari o‘quv-tanishuv safari bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.
“O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi 2024 yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning qiymati 7 million yevroni tashkil qiladi. Ushbu loyiha doirasida 650 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislarning Germaniyada va O‘zbekistonda turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy ta’lim sohasida malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekiston bo‘yicha katta menejyeri Nina Lyubix GIZ maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston bilan hamkorlik tarixiga to‘xtalar ekan, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) nemis federal hukumatini butun dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
U O‘zbekistonda 1992 yildan buyon barqaror iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va sog‘liqni saqlash masalalariga e’tibor qaratgan holda faoliyat yuritayotganini qayd etar ekan, Germaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi kasbiy ta’lim sohasidagi nemis tajribasi haqida ko‘p narsalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnuniyat bildirdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

07:36 / 22.07.2025
Bundestag doimiy kiberhujumlar haqida ma’lum qildi

13:00 / 21.07.2025
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar kasblarga o‘qitilishi kutilyapti

12:11 / 21.07.2025