Toshkentda “Zakovat”ning Markaziy Osiyo kubogi uchun bahslar boshlandi

O‘zbekiston 13:41 / 24.09.2022 2676

 24-25 sentabr kunlari “Zakovat” intellektual o‘yinining sport yo‘nalishida tarixda birinchi marta Markaziy Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bahslarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan jami 50 ga yaqin jamoalar ishtirok etadi. Musobaqa sovrini jamg‘armasi 200 millionni tashkil etadi va g‘oliblar:

  • 1-o‘rin – 100 million;
  • 2-o‘rin – 60 million;
  • 3-o‘rin – 40 millionni qo‘lga kiritadilar.

1-o‘rin va 2-o‘rinni egallagan jamoalar bosh sovrin – qimmatbaho kubok uchun alohida kuch sinashadi.

24 sentabr kuni saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tishi, uning natijalariga ko‘ra, ertaga bosh sovrinlarni qo‘lga kiritadigan 8 ta jamoa aniqlanishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Foto: Zakovat
Ko‘proq yangiliklar: