Samarqand xalqaro aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi

O‘zbekiston 13:41 / 24.09.2022 4189

«Ochiq osmon» rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlar bekor qilinishini anglatadi.

Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.

Joriy yil 1 oktyabridan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartib joriy etilgani to‘g‘risida chet el aviatsiya ma’muriyatlari o‘rnatilgan tartibda xabardor etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: