Putin Shoyguning o‘rinbosarlaridan birini ishdan oldi

Jahon 16:04 / 24.09.2022 36019

Bulgakovning o‘rnini general-polkovnik Mixail Mizinsyov egallagan. Tayinlovgacha Mizinsev Rossiya mudofaasini boshqarish milliy markazi rahbari lavozimida ishlagan va Donbassdagi harbiy harakatlar borasida doimiy brifinglarda ishtirok etib kelayotgandi.

Vladimir Putin urush boshlanganidan buyon ilk marta Rossiya mudofaa tizimidagi yuqori lavozimda o‘zgarish qildi. Bungacha avgust o‘rtasida Qora dengiz floti qo‘mondoni Igor Osipovning ishdan olinishi urush davridagi Rossiyada amalga oshirilgan eng shov-shuvli iste’fo sifatida qaralayotgandi.

Shoyguning ishdan olingan endilikda sobiq o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov kam sonli Rossiya armiyasi generali unvoniga ega harbiy mulozimlardan biri. Uning asosiy vazifasi mamlakat armiyasining moddiy-texnik ta’minotini nazorat qilish va tashkil etish bo‘lgan. Vazirlik axborotiga ko‘ra, Bulgakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimidan olingan.

Ko‘proq yangiliklar: