O‘zbekiston C5+1 doirasida muqobil transport yo‘nalishlarini rivojlantirishni taklif qildi

O‘zbekiston 13:22 / 24.09.2022 4179

Nyu-York shahrida BMT  Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQShning C5+1 formatidagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda vakillari tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Markaziy Osiyo barqaror iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash maqsadida C5+1 formatida savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o‘z nutqida C5+1 muhim muloqot mexanizmi bo‘lib, uning doirasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish borasida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishilganini qayd etdi. 

O‘zbekiston tomonining C5+1 doirasidagi tashabbuslari - Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, muqobil transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, «yashil kun tartibi»ni ilgari surish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash takliflari bildirildi.

Tomonlar C5+1 doirasida yuqori va ekspertlar darajalarida yaqin muloqotni davom ettirish, amaliy natijalarga erishishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rishga kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: