Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Putin qo‘mondonlikdan Xersonni tark etmaslikni talab qildi
The New York Times gazetasining yozishicha, so‘nggi haftalarda Putin Ukrainaga qarshi urushda shaxsan strategik qarorlar qabul qilgan va xususan, generallarning Xersondan chekinish haqidagi iltimosini rad etgan.

Foto: TASS
The New York Times gazetasining yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi haftalarda Ukrainaga qarshi urushni to‘g‘ridan to‘g‘ri strategik rejalashtirish bilan shug‘ullangan va shu qatorda harbiy qo‘mondonlarning Xersondan chekinishga ruxsat berish haqidagi iltimoslarini rad etgan. Ular shaxsiy tarkib va harbiy texnikani saqlab qolish uchun shaharni tark etib, uyushqoqlik bilan Dnepr orqasiga chekinishni taklif qilishdi, deb yozadi gazeta 23 sentabr, juma kuni Amerika ma’muriyati vakillariga tayanib.
«Ammo bunday chekinish Putinning urushdagi mag‘lubiyatini tan olish bo‘yicha yana bir kamsituvchi holat bo‘ladi va Ukrainaga bir oy ichida ikkinchi yirik g‘alabasini olib keladi. Xerson dastlabki bosqin paytida ruslar tomonidan qo‘lga kiritilgan birinchi yirik shahar bo‘lib, Moskvaning nazorati ostidagi yagona oblast markazi bo‘lib qolmoqda. Uning qaytarilishi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uchun katta yutuq bo‘lardi», deya yozadi gazeta.
NYT’ning o‘ta maxfiy razvedka ma’lumotlaridan xabardor manbalariga ko‘ra, Putinning Xersondan rus qo‘shinlarini olib chiqishdan bosh tortgani rossiyalik harbiy xizmatchilar ruhiy holatining pasayishiga olib keldi, ular ta’minot yo‘nalishlari va Dnepr bo‘ylab joylashgan asosiy guruhdan uzilib qolgan.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, Putin va uning generallari o‘rtasidagi Xersondagi front chizig‘i bo‘yicha kelishmovchiliklar Ukraina janubidagi vaziyat urishayotgan tomonlar uchun qanchalik og‘ir ekanini ko‘rsatadi. Ukraina shimoli-sharqda yutuqlarga erishganiga qaramay, Xerson atrofidagi hudud Kiyev va Moskva uchun katta strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim operatsiyalar teatridir, deb yozadi gazeta. Agar Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlarini yana ham orqaga surib tashlasa, Putin qurilishi uchun juda ko‘p kuch sarflagan Qrim ko‘prigi tahdid ostida qoladi, deya ta’kidlaydi gazeta.
O‘tgan yozda Ukraina harbiylari Xersondagi Dneprdan o‘tuvchi yagona avtomobil ko‘prigiga bir necha bor raketa hujumlarini uyushtirdi, natijada u jiddiy zarar ko‘rdi va transport harakati uchun yopildi. Taxminlarga ko‘ra, zarbalar Amerikaning HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan berilgan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

12:35 / 15.07.2025
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi

09:45 / 15.07.2025