Germaniya O‘zbekistonga elektropoyezdlar sotib olishi uchun pul beradi

O‘zbekiston 13:39 / 24.09.2022 3953

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Berlinda bo‘lib o‘tgan InnoTrans 2022 transport texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

O‘zbekiston transport vazirligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari», Germaniyaning KFV taraqqiyot banki hamda Deutsche Bahn AG kompaniyalari ishtirokida to‘rt tomonlama memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat elektropoyezdlar hamda yo‘lovchi vagonlar sotib olishda Germaniyaning KFV taraqqiyot banki imtiyozli kredit liniyasidan foydalanishni nazarda tutadi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston vakillari dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan, Polshaning poyezdlar, vagon va tramvaylar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pesa konserni hamda temiryo‘l transportini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon bozori qariyb yarmini egallab kelayotgan Xitoyning CRRC Corporation Limited korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida «O‘zbekiston temir yo‘llari» vakili Germaniyaning KFV taraqqiyot bankidan olinadigan imtiyozli kredit liniyasidan foydalanishda o‘tkaziladigan tenderda har ikki yirik ishlab chiqarish kompaniyalarini ishtirok etishga taklif qildi.

Ko‘proq yangiliklar: