Finlandiya rossiyalik sayyohlarning kirishini taqiqlaydi

Jahon 10:43 / 24.09.2022 3588

Finlandiya yaqin orada Rossiyadan kelgan sayyohlar, shu jumladan boshqa Shengen davlatlaridan vizaga ega bo‘lganlar uchun mamlakatga tashrif buyurishni taqiqlaydi. Finlandiya hukumati tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vazirlar mahkamasidagi muhokamadan so‘ng shunday qarorga keldi va «yaqin kunlarda» u mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlanadi, deb xabar berdi Yle nashri 23 sentabr, juma kuni Finlandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavistoga tayanib. 

Finlandiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari mamlakatga faqat insonparvarlik, o‘qish, ishlash va qarindoshlarinikiga borish bilan bog‘liq holda tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Rossiyaliklarga, agar ular ushbu mamlakat tomonidan berilgan Shengen vizasi bilan Yevropa ittifoqi boshqa davlatiga «tranzitda» bo‘lsa ham, kirishga ruxsat etilmaydi. Shu bilan birga, chegarachilar Rossiya fuqarolariga ilgari bergan ko‘p martalik Finlandiya vizalarini bekor qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Bundan tashqari, mamlakatda ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan rossiyaliklarga Finlandiyaga kirishga ruxsat beriladigan qoidalar kuchaytiriladi. Amaldorning qayd etishicha, ruslar viza olish uchun Finlandiya ko‘chmas mulkini «birlashtirib» sotib olishgan, ammo yangi chora-tadbirlar bu usul bilan kurashishga qaratilgan. 

Haavisto ta’kidlashicha, Polsha, Latviya, Litva va Estoniya 19 sentabr kuni rossiyalik sayyohlarning kirishini taqiqlaganidan so‘ng, Finlandiya va Norvegiya Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasi ochiq bo‘lgan Yevropa ittifoqi va Shengenning yagona a’zolariga aylandi, shuning uchun Finlandiya rossiyalik sayyohlar uchun «tranzit mamlakat»ga aylanish xavfi bor. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda safarbarlik e’lon qilgani sababli rossiyaliklarning chetga chiqib ketishi oqimi ham ortdi. Finlandiya chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23 sentabr kuni Rossiyada chiqish reyslari uchun aviachiptalar tanqisligi yuzaga kelganidan so‘ng, Rossiya-Finlandiya chegarasida Rossiyadan chiqib ketishni xohlovchilarning bir yarim kilometrlik navbati paydo bo‘lgan. 

Garchi Yevropa ittifoqining ba’zi davlatlari safarbarlik va Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishdan qochgan Rossiya fuqarolariga gumanitar vizalar berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasa-da, bir qator nemis siyosatchilari ularga boshpana berishni taklif qilishdi. 

Biroq, tashabbus mualliflari qator tegishli nyuanslarni keltirdi. Birinchidan, harbiy xizmatdan qochganlardan chaqiruv yoki harbiy guvohnoma kabi harbiy xizmatga chaqirilish yoki dezertirlik faktini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish talab qilinadi. Ikkinchidan, Germaniya nuqtayi nazaridan xavfsiz bo‘lgan mamlakatlar (butun Yevropa ittifoqini o‘z ichiga oladi) orqali Germaniyaga kirgan boshpana izlovchilar u yerda himoya so‘rash tavsiyasi bilan ushbu mamlakatlarga qaytarilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: