Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
23 davlat Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosiga qo‘shiladi
Rossiyaga qarshi da’voni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lganlar orasida Bolgariya, Gretsiya, Malta, Vengriya va Kiprdan tashqari barcha YeI davlatlari bor. Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar Norvegiya tomonidan taqdim etiladi.

Foto: Reuters
23 davlat Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etish uchun Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga ariza topshirdi. Bu haqda 23 sentabr, juma kuni Strasburg sudi ma’lum qildi. Ukraina hukumati Rossiyani harbiy tajovuz munosabati bilan inson huquqlarini ommaviy va qo‘pol ravishda buzganlikda ayblayapti.
Sud jarayonida ishtirok etishga tayyor 23 hukumat orasida Bolgariya, Gretsiya, Malta, Vengriya va Kiprdan tashqari Yevropa ittifoqi barcha davlatlari bor. Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar Norvegiya tomonidan taqdim etiladi. Bundan tashqari, Jyeneva Xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari akademiyasi nohukumat tashkilot sifatida akkreditatsiyadan o‘tishga intilmoqda. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Islandiya va Buyuk Britaniya ariza berishni ko‘rib chiqmoqda. Ishtirokchi davlatlar yoki ariza beruvchi bo‘lmagan va protsessda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar yozma mulohazalar taqdim etishlari mumkin.
Garchi 16 sentabrdan boshlab Rossiya Yevropa kengashidan chiqarilganligi sababli Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining a’zosi bo‘lmasa ham, IHeS Rossiya tomonidan ushbu sanagacha sodir etilgan jinoyatlarni ko‘rib chiqishi mumkin. Ukraina 23 iyun kuni Strasburgda sudga murojaat qildi. Da’vo Ukraina hududidagi harbiy harakatlar jarayonida Rossiya tomonidan sodir etilgan inson huquqlarining ommaviy va jiddiy buzilishiga tegishli. Kiyev hukumati minglab tinch aholini o‘ldirish, jarohat yetkazish, hibsga olish yoki bedarak yo‘qotish, yuz minglab mulkni vayron qilish va millionlab odamlarni uylarini tashlab ketishga majbur qilishda rus qo‘shinlari va Rossiya nazoratidagi boshqa qurolli kuchlarni ayblayapti.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi
Jahon | 14:39
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
Mavzuga oid

11:15
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

22:31 / 15.07.2025