Rossiya-Gruziya chegarasida rekord darajadagi navbatlar yuzaga keldi 

Jahon 22:24 / 23.09.2022 13057

23 sentabr kuni Rossiya-Gruziya chegarasida rekord darajadagi mashinalar navbati yuzaga keldi, deb xabar berdi RBK.

Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23 sentabr kuni «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazuv punkti oldida 1715 mashinadan iborat navbat yuzaga keldi.

Qayd etilishicha, bu yil boshidan buyon qayd etilgan maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘z navbatida, Shimoliy Osetiya bo‘yicha IIV respublika hududida Gruziyaga o‘tish uchun 2000dan ortiq mashina navbat kutayotganini ma’lum qildi. 

Shimoliy Kavkaz bojxona boshqarmasining ma’lumot berishicha, Rossiyadan «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazuv punkti orqali chiqib ketishni xohlovchilar soni oxirgi uch kun ichida keskin oshgan.  

Bundan tashqari, 22 sentabr kuni Finlandiya bilan chegaradagi «Torfyanovka» va «Brusnichnoye» punktlarida bir sutkada chegaradan o‘tgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. O‘tgan sutka davomida ular orqali mos ravishda 989 va 890 mashina o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: