OTB ikki yil ichida O‘zbekistonga 2,8 milliard dollar ajratadi

Iqtisodiyot 10:11 / 20.09.2022 38678

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev videokonferensiya aloqasi vositasida OTB ma’murchilik va korporativ boshqaruv bo‘yicha vitse–prezidenti Bryus Gosper bilan muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik hozirgi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

OTB rahbariyati tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyoti turli tarmoqlarida xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Loyihalar joriy portfeli infratuzilma qurilishi, energetika, uy-joy kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi 3,7 milliard dollarlik 24 ta loyihadan iborat ekani qayd etildi. 

OTB 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha biznes-rejasi doirasida 2,8 milliard dollarlik 27 ta loyihani birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bu yil 274 million dollarlik 1 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolandi hamda ipoteka bozori sektorini rivojlantirish va budjetni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy qiymati 650 million dollarlik 2 ta loyiha bo‘yicha muzokaralar yakunlandi. 

Mazkur loyihalar bo‘yicha bitimlarni joriy yil oxirigacha imzolash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: