Yevrohududda inflatsiya rekord darajaga yetdi

Iqtisodiyot 11:13 / 19.08.2022 31785

Ukrainadagi urush oqibatida yuzaga kelgan energetika inqirozi fonida yevrohududdagi inflatsiya yangi rekord darajaga yetdi: iyul oyida iste’mol narxlari yillik 8,9 foizga ko‘tarildi, deb xabar berdi Yevropa statistika boshqarmasi Eurostat 18 avgust, payshanba kuni.

Bu yevro joriy etilgandan beri eng yuqori inflatsiya darajasidir. Iyun oyida yevrohududda hayot 8,6 foizga qimmatlashgan. Bu Yevropa Markaziy banki (YeMB) tomonidan inflatsiyani ikki foizda ushlab turish uchun belgilangan maqsadlardan farq qiladi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, yashash narxining doimiy o‘sishi fonida, YeMB tomonidan bazaviy stavka yanada ko‘tarilishi ehtimoli tobora ortib bormoqda. 

Iyul oyida so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta regulyator stavkani birdaniga yarim foizga oshirdi. Mutaxassislar fikricha, 8 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda YeMB bazaviy stavkani yanada sezilarli darajada oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bank rahbariyatiga ko‘ra, yevrohududda yashash narxining oshishi qisqa muddatli istiqbolda davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: