DSQ 2023 yildan QQSga o‘tish 5 mlrd etib belgilanishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Iqtisodiyot 17:41 / 19.08.2022 34996

Gazeta.uz QQS to‘lashga majburiy o‘tish limitini 2023 yilda 5 milliard so‘mga oshirish mumkinligi haqida yozdi. Shuningdek, nashr 2023 yilda soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi uchun Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan QQS to‘lashga majburiy o‘tish limitini qayta ko‘rib chiqish taklifi kiritilgani haqida ham xabar berdi.

Bu ma’lumot xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida poytaxt Davlat soliq boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Jahongir Mirpo‘latov tomonidan berilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirda mazkur taklif ko‘rib chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga maqsadga muvofiq emasligi haqida asoslar berildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, DSQ raisi Sherzod Qudbiyev soliq ma’murchiligida kutilayotgan yangiliklar haqida gapirgandi. Ularning ichida soliqchilarning soliq tekshiruvlaridagi vakolatlarini kamaytirish va individual xarakterdagi soliq imtiyozlarini qisqartirish ham tilga olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: