Naqd pul hajmini 20 foizdan oshirmaslikni maqsad qilyapmiz – Markaziy bank mas’uli

Iqtisodiyot 17:01 / 13.08.2022 32899

Markaziy bank xalqaro tajribadan kelib chiqib pul massasida naqd pul hajmini 20 foizdan oshirmaslik chorasini maqsad qilmoqda. Bu haqda 12 avgust kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan media muloqotda departament boshlig‘i Ulug‘bek Mahmudov ma’lum qildi.

“Buning uchun “Zamonaviy moliyaviy xizmatlar va naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish” strategiyasi ishlab chiqilmoqda”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 avgust holatiga muomaladagi pul massasi 159,1 trillion so‘mni tashkil qilayotgan bo‘lsa, shundan 42,3 trillion so‘mi naqd pul. Bu naqd pul ulushi hozirda 26,6 foizni tashkil qilayotganini anglatadi.

Raqamlar muomaladagi naqd pul o‘sish sur’ati oldingi oylarga qaraganda sekinlashganini ko‘rsatmoqda. Joriy yil hisobidan naqd pul o‘sishi aprel oyida maksimumga yetgan bo‘lsa – 15,9 foiz, iyulga kelib o‘sish sekinlashdi – 4,5 foiz.

Ko‘proq yangiliklar: