Video: Qoraqalpog‘istonda in qurgan noyob suvburgut

O‘zbekiston 16:30 / 12.08.2022 23520

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida yashaydigan oq dumli suvburgutning uyasi inspektorlar tomonidan monitoring ishlari davomida tasvirga olindi.

Oq dumli suvburgut O‘zbekiston Qizil kitobi va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Bu zaif, tabiatan kamyob, uchib o‘tuvchi nominal kenja tur bo‘lib, asosan Janubiy Orolbo‘yida uyalaydi.

“Olib borilayotgan muhofaza chora-tadbirlari natijasida keyingi yillarda soni ortgani kuzatilmoqda”, deyiladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi axborotida.

Ko‘proq yangiliklar: