Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, ikki kishi shifoxonaga yotqizildi

O‘zbekiston 11:16 / 12.08.2022 4114

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 4 avgust kuni soat 4:45 larda A-378 Samarqand-G‘uzor avtomobil yo‘lining Nurobod tumanidan o‘tuvchi 55-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Damas mashinasi haydovchisi rul boshqaruvi vaqtida uxlab qolib, o‘zidan oldinda ketayotgan «KamAZ» yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Oqibatda Damas haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda ikkita Damas o‘zaro to‘qnashgan YTHda yo‘lovchi vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: