O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga xalqaro texnik standartlar va ishlab chiqarish talablari joriy etiladi

O‘zbekiston 17:15 / 12.08.2022 5325

Senat raisi, milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2022 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, soha bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

AQSh Davlat departamenti tomonidan 2018 yilda e’lon qilingan “Odam savdosi bo‘yicha yillik hisobot”da O‘zbekiston quyi 3-daraja davlatlari qatoridan 2-darajadagi davlatlar “nazorat ro‘yxatiga” o‘tkazilgan. Yaqinda e’lon qilingan navbatdagi hisobotda 2021 yildagi kabi xalqaro standartlarni to‘liq bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan davlatlar (2- toifa) ro‘yxatida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Mamlakatda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykot bekor qilindi. Milliy komissiya tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga xalqaro texnik standartlarni va ishlab chiqarish talablarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi muhokama etildi.

“Yo‘l xaritasi”da to‘qimachilik korxonalarida texnik va ishlab chiqarish standartlarini xalqaro darajaga moslashtirish, xalqaro brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, paxta-to‘qimachilik sanoatidagi korxonalar faoliyatiga xalqaro tan olingan mehnat, ishlab chiqarish, texnik va boshqa standartlarni keng tatbiq qilishga qaratilgan 20 ga yaqin tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: