O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov Singapurning mamlakatdagi elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharuddin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Singapur jamoat transporti, taksilar faoliyatini tartibga solish, yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish hamda aeroportlar boshqaruvi kabi yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribasini o‘rganish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Elchi mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatishga hamda Singapur ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston strategik hamkoriga aylanishiga ishonch bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar transport sohasida raqamli texnologiyalar va yechimlarni joriy etishni jadallashtirish muhimligi qayd etgan holda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.
O‘zbekiston tirbandliklarni bartaraf etishda Singapur tajribasini yo‘lga qo‘yishi mumkin

Kun Yangiliklari

O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
19671

Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
32002