“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati kechalari 18-22 daraja issiq, kunduz kunlari 32-37 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Respublika hududiga yakshanba kunidan Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va keyingi hafta boshida kunduzgi harorat 37-39 daraja issiqqa yetadi.
Ushbu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat bugun kechqurun Namangan va Farg‘ona viloyatlari ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.