Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 5 ta korxonani bug‘doy xaridi bo‘yicha birja savdolaridan chetlatdi

O‘zbekiston 13:52 / 12.08.2022 4714

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 16 ta korxona tomonidan normaga nisbatan kam hajmda grafik tasdiqlangan va 2 ta korxona tomonidan grafik umuman bajarilmagan.

Qo‘mita tomonidan tovar-xomashyo birjasiga ko‘rsatma bergan holda joriy yil iyul oyida un mahsulotini birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxonani bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirildi.

Ma’lum qilinishicha, respublikada 2022 yil hosilidan 7,8 mln tonna bug‘doy yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, iyun-iyul oylarida 7,2 mln tonna (92 foiz) bug‘doy hosili yig‘ib olingan. 1 iyundan boshlab un mahsulotlarini ham birja orqali bozor tamoyillari asosida sotish belgilandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga birjadan xarid qilingan 3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doydan chiqqan unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini bajarmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni bug‘doy bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etishini cheklash bo‘yicha tovar-xomashyo birjasiga ko‘rsatma berish vakolati berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: