Maktablarda 100 mingdan ortiq bepul to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 10:01 / 12.08.2022 1360

“Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

2025 yil 1 sentabrga qadar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan “Elektron kutubxona” tizimi joriy etilmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarini bibtexnika bilan ta’minlash uchun har bir ta’lim muassasasi uchun har yili 3 mln so‘mdan mablag‘ ajratib boradi;

2027 yildan boshlab o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larda talabdan kelib chiqqan holda qo‘shimcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarini tashkil etish choralarini ko‘radi;

ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladigan “Barkamol avlod” bolalar maktablarini jihozlash bilan foydalanishga tayyor holda topshirishni loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda nazarda tutadi;

2023 yil 1 yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100 mingdan ortiq bepul to‘garak faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi 2024 va keyingi yillar O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida nazarda tutiladigan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilish manzilli dasturini shakllantirishda “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi mavjud binolarini mukammal ta’mirlash hamda “Bolalar sayyohlik bazasi” qurish, zarur inventarlar bilan jihozlash uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq kapital qo‘yilma limitlari ajratilishini nazarda tutadi.

Ko‘proq yangiliklar: