Energetika vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

O‘zbekiston 13:54 / 12.08.2022 8868

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Baxtiyor Umarov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi moliyaviy oqimlar va narx siyosati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Tashqi ishlar vazirligi moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Joriy yilning aprel oyi boshida prezident farmoni bilan Alisher Sultonov sog‘lig‘i sababli boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan energetika vaziri lavozimidan ozod etilgan edi.

2018 yil oktyabr oyida Shavkat Mirziyoyev elektr energetika tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Davlat rahbari bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi elektr energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha komissiyaga 2018 yil 15 dekabrga qadar davlat rahbarining Energetika vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni loyihasini tayyorlashni topshirdi.

Yangi idora zimmasiga respublika yonilg‘i-energetika kompleksi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish masalalarining butun majmuasi yuklangan.

Ko‘proq yangiliklar: