"El-yurt umidi" jamg‘armasi grantida o‘qib qaytganlarga 3 yil maoshdan tashqari qo‘shimcha pul to‘lanadi

O‘zbekiston 13:56 / 12.08.2022 7839

11-13 avgust kunlari Toshkent shahrida “El-yurt umidi” jamg‘armasining II xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida so‘zga chiqqan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov jamg‘arma granti bilan o‘qishni bitirib, O‘zbekistonga qaytgan yoshlarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi “El-yurt umidi” jamg‘armasi bitiruvchilari oldida turgan O‘zbekistonga qaytib ish topish va munosib maosh olish muammosi hal etiladi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovsiz milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi. Talabalar bitirishidan oldin ularga agentlik ish topib beradi.

Shuningdek, Otabek Hasanov jamg‘arma granti bilan o‘qishni bitirib, O‘zbekistonga qaytgan yoshlar qanday rag‘batlantirilishi masalasiga ham to‘xtaldi.

“Yana bir moddiy yangilik. Siz “El-yurt umidi” jamg‘armasi Top-100talik universitetning bakalavrini bitirib qaytib kelsangiz, maoshdan tashqari 3 yil davomida agentligimiz 9 million so‘m oylik beradi. Top-200talikni bitirsangiz 6 million so‘m, Top-300talikni bitirsangiz, 4,5 million so‘m beriladi.

Agar magistraturadan Top-100talik universitetlardan birini bitirsangiz, 15 million so‘m, Top-200talikni bitirsangiz 12 million so‘m, doktoranturani Top-100talik universitetni bitirsangiz, 22 million so‘m beriladi”, – dedi agentlik direktori birinchi o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: