“Bir tonna qora metall narxi 600 dollar bo‘lsa, murakkab qotishmalar bahosi 10 mingdan oshadi” – prezident ishlab chiqarishda ilm ahamiyati haqida

O‘zbekiston 12:10 / 12.08.2022 6535

“Jahondagi vaziyatni ko‘ryapsiz, logistika murakkablashyapti. Xorijdan mahsulot keltirish nafaqat qiyinlashdi va muddati cho‘zildi, balki qimmatlashdi. O‘zbekistonda esa metallga bo‘lgan talab kun sayin oshib boryapti. Yaqin yillarda 7 mingdan ziyod uy-joy qurishni rejalashtirganmiz. 

Sohada temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 barobar o‘sib, 2 million tonnadan ko‘paydi. Kelgusida esa, bugun biz tanishgan Quyuv prokat majmuasida yiliga yana 1 million tonna po‘lat listlari ishlab chiqariladi. Mazkur loyiha ishga tushgach, kombinat quvvatlari 2 baravarga oshadi. Ya’ni, ko‘z oldimizda, mamlakatimizning yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi tarmog‘i – zamonaviy qora metallurgiya sanoati bunyod etilmoqda.

Sohada ilmning, innovatsiyaning ahamiyati beqiyos. Jahon bozorida bir tonna qora metall narxi 600 dollar bo‘lsa, qo‘shimcha qiymat jalb qilib, chuqur qayta ishlangan murakkab qotishmalar bahosi 10 ming dollardan oshadi”, – dedi davlat rahbari yig‘ilganlarga.

Ko‘proq yangiliklar: