Ayrim tadbirkorlarga mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi

O‘zbekiston 11:06 / 12.08.2022 1675

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, bunda soliqlarni to‘lashni kechiktirish mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan 3 oy muddatda  soliq organlarini xabardor qilgan va uning to‘lanishini ta’minlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi.

Yer uchastkasi, bino va inshootlar soliq to‘lovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi to‘liq miqdorda undiriladi.

Soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlariga soliqlarni to‘lashni kechiktirish taqdim etilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: