Andijonda maktabga tegishli bo‘lgan 20 sotix yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 07:40 / 12.08.2022 2804

Unda, Andijon shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs aldov yo‘li bilan fuqarodan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

Aniqlanishicha, u Andijon shahridagi umumta’lim maktablaridan biriga tegishli bo‘lgan 20 sotix yer maydonini go‘yoki auksion savdolarida sotib olganini ta’kidlab, mazkur yer maydonini ushbu fuqaroga 48 ming AQSh dollari evaziga sotishga uringan va undan muqaddam 11 ming AQSh dollari ham olgan.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs Parkent tumanida istiqomat qiluvchi, 1969 yilda tug‘ilgan tanishi bilan o‘zaro til biriktirgan.

Ular ushbu tuman hududida joylashgan 3 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib, uni turar joy uchun mo‘ljallangan yer maydoniga o‘zgartirib berish evaziga 280 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar so‘ralgan puldan 50 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.

Ko‘proq yangiliklar: