“Xon Saroy” kompaniyasi navbatdagi loyihasini topshirdi

O‘zbekiston 19:00 / 11.08.2022 9907

O‘zbekiston aholisini sifatli, zamonaviy va hamyonbop uylar bilan ta’minlashni maqsad qilgan “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi o‘zining yangi “Ayvon” turar joy majmuasini foydalanishga topshirdi. Yangi xonadonlar kalitlari o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda kompaniya tomonidan xonadon egalari uchun bayram dasturxoni yozilib, shou-biznes vakillari bilan qiziqarli dasturlar tashkil etildi.

Xonadonlardagi o‘ziga xos ayvonlar loyihaning o‘ziga xosligini ko‘rsatib turibdi.

“Bu kompaniya o‘z loyihalarida bir xillikdan qochadi. Har bir loyihaning o‘ziga xos jihatlariga urg‘u beriladi. Masalan, “Ayvon” turar joy majmuasida ayvonlar alohida ko‘zga tashlanadi. Xilmaxillik, yangiliklar yaratish bu kompaniya faoliyatida tinimsiz ko‘zga tashlanadi. Balkonlari katta. Biz bu yerdan xarid qilayotgan uyimizda 27 km2 ayvon bor”, – deydi insta-bloger Maftuna Shokirova.

Kompaniya o‘zining “Diplomat”“Sayram”, “Xon Saroy”“Mega Tower” va “Pandora” kabi turar joy majmualari bilan mashhur.

Yangi “Ayvon” turar joy majmuasi 1,2,3 xonali 120ta xonadondan iborat bo‘lib, ularning barchasi o‘z egalarini topgan. Keng va shinam ayvonlari bilan diqqatni tortgan xonadonlar xaridorlar uchun hamyonbopligi bilan ham ajralib turadi.

“Loyihada uylarning ayvonlari shartnomada ko‘rsatilgan summa ichida qo‘shib berilgan. Shu tomonlama hamyonbop bo‘lgani uchun ham bu xonadonlar juda tez sotilib ketdi. Bu kabi loyihalar ustida yana ish olib boryapmiz. Poytaxtning boshqa tumanlarida ham shunday uylar qurishni rejalashtirganmiz. Chunki xaridorlar asosan shu loyihaga qiziqish bildirishmoqda”, – deydi “Xon Saroy” kompaniyasi moliyaviy rahbari Shavkat To‘xtayev.

“Xon Saroy” kompaniyasi moliyaviy rahbari Shavkat To‘xtayev

“Xon Saroy” qurilish kompaniyasi “Ayvon” turar joy majmuasida aholi yashash tarzini yanada qulaylashtirish uchun quyidagilarni taqdim etadi:

  • Ikki kamerali plastik deraza romlari
  • Avtonom isitish tizimi  
  • Kirish temir eshiklari
  • 630 kg og‘irlik ko‘tara oladigan zamonaviy va shovqinsiz liftlar 
  • Yangi bolalar maydonchasi
  • Ko‘p sig‘imli avtoturargoh
  • Kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan xavfsiz hudud.

Xonsaroy – xonlar kabi yashashga haqlisiz!

Telefon:

+998 55 501 74 00

+998 71 200 74 00

Veb-sayt: xonsaroy.uz

Instagram: @xonsaroyuz

Telegramt.me/xonsaroy_bot

Reklama huquqi asosida

 
Ko‘proq yangiliklar: