Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavf ostidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i Ekoqo‘mita tizimiga o‘tkazildi
Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi. Bu – 10 avgust kuni qabul qilingan hukumat qarorida belgilandi.

“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i / Foto: Agroturism.uz
2 426,2 gektarlik milliy tabiat bog‘ini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi va unga Ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov rais bo‘ldi. Komissiyaga qator vazifalar, xususan quyidagilar yuklatildi:
- 3 oy muddatda tabiat bog‘ining nizomini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- bog‘ chegaralariga qayta aniqlik kiritish;
- bog‘ hududida ekologik nazoratni kuchaytirish;
- Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bog‘ hududida tabiiy obektlar monitoringini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va boshqalar.
Avvalroq Kun.uz Zafarshon daryosi hududida qurilgan o‘nlab karerlar faoliyati natijasida daryoda suvi sathi keskin kamayib borayotgani va uning oqibatlari haqida yozgandi.
Shu bilan birga, Zarnews muxbiri Anastasiya Pavlenko daraxtlar kesilishi sabab “Zarafshon” milliy tabiat bir bir necha yil ichida yashil vohadan amalda yarim cho‘lga aylanib qolgani haqida maqolalar e’lon qilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi
Jamiyat | 07:28
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
Mavzuga oid

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi

17:41 / 22.02.2025