Sardor Umrzoqov: «Sud organlariga nisbatan aholi e’tirozlari haddan ziyod ko‘payib ketgandi» 

O‘zbekiston 09:18 / 11.08.2022 45016

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tyapti.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda sud organlariga nisbatan aholining haqli e’tirozlar haddan ziyod ko‘payib, aholi tomonidan ko‘plab adolatsizliklar yuzasidan shikoyatlar soni keskin ortib ketgan.

“Umid qilamizki, ushbu yangi tayinlov aynan ushbu muammolar yechimi hamda sud organlarini tubdan isloh qilish uchun xizmat qiladi”, dedi Sardor Umrzoqov.

Prezident administratsiyasi yangi rahbariyati islohotlarni aynan sud tizimidan boshlagani bejiz emas. So‘nggi paytlarda aholi tomonidan tizim bo‘yicha shikoyatlar soni keskin ortib ketgani kuzatilmoqda.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev o‘z maslahatchisi Baxtiyor Islomov nomzodini Oliy sud raisi lavozimiga, Kozimjon Komilov nomzodini Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga ko‘rsatib, Senatga taqdimnomalar kiritgandi.

10 avgust kuni video-konferens-aloqa tarzida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taqdim qilingan nomzodlar lavozimga tasdiqlandi.

Baxtiyor Islomov bungacha prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: