O‘zbekistonda tajribadagi pomidor navlari jazirama issiqqa bardoshliligini ko‘rsatdi

O‘zbekiston 16:04 / 11.08.2022 3241

«Bobkat F1», «Tomsk F1», «Lojan F1», «Red stone», «Seraj F1», «Mustaqillik-28», «Rio Grande» kabi navlar iyul oyi issiq ob-havo sharoitidan muvaffaqiyatli o‘tib, tajriba-sinov jarayonida yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyon etdi.

Institut olimlari ta’kidlashicha, asosiy sabzavot ekini - pomidor salqinsevar o‘simlik bo‘lgani uchun havo harorati Tselsiy bo‘yicha 40 darajadan oshsa o‘sish va rivojlanishdan to‘xtaydi. Kuchli issiq pomidor mevasi ayrim qismlarini quyosh urishiga, gullari to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu pomidor sifati pasayishiga olib keladi.

«Joriy yil Buxoro viloyati ayrim qismlari, xususan Jondor tumanida havo harorati 45-47 daraja issiq bo‘lgani pomidor o‘simligiga alohida e’tiborni talab qildi. Makkajo‘xori qurigan poyasi, somon kabi yengil poyali o‘simliklar bilan 5 sm qalinlikda soyalatib turdik, namlikni saqlash uchun esa kechasi sug‘orildi», – deydi Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Gulshoda Saidova.

Kuchli issiqdan keyin ayrim pomidor duragaylari navlarida bo‘yi o‘sishi, gullash kabi jarayonlar kuzatilmoqda. Hozirgi kungacha tajriba maydonida pomidordan gektariga 45-50 tonna hosil olindi. Olimlar kech kuzgacha pomidor yig‘ishni maqsad qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: