O‘zbekistonda jahon ishlab chiqaruvchilarining elektromobillari savdosi boshlandi

O‘zbekiston 13:00 / 11.08.2022 27358

2022 yil 10 avgust, Toshkent – ​​10 avgust kuni Trianon Motors avtosalon va servis markazining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevropa sarmoyalari ishtirokida tashkil etilgan va elektromobillarni sotish va texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

Avtosalonda namoyish etilgan modellar dunyodagi eng mashhur elektromobillar qatoriga kiradi. Shunday qilib, 2022 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, BYD (Build Your Dreams) avtomobillari dunyo miqyosidagi sotuvlar bo‘yicha Tesladan o‘zib ketdi va sohaning yangi yetakchilariga aylandi. Geely Geometry’ning ishlab chiqaruvchisi Geely Automobile konserni Volvo konserni uchun bosh kompaniya hisoblanadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda «yashil transport» infratuzilmasi rivojlanib bormoqda: quvvatlash stansiyalari soni ortmoqda, har oy yangi shoxobchalar paydo bo‘lmoqda. Iqtisodiy foyda haqida gapiradigan bo‘lsak, ichki yonuv dvigateliga ega avtomobil egasi har oy benzinga o‘rtacha 1 million so‘m sarflaydi. Elektromobil egasi uchun esa bu summa bir yilga yetarli bo‘ladi. 60 kVt batareya va 500 km masofani bosib o‘tish zaxirasiga ega modelni uyda bir marta to‘liq quvvatlantirish, 1 kVt elektr energiyasini 300 so‘m deb hisoblasak, 18 ming so‘mni tashkil etadi, – deydi “Trianon Motors” kompaniyasi hammuassisi Javohir Nurmetov.

 

Elektromobillar bu – ekologik transport sari olg‘a qadamdir. Ular toza energiya yordamida harakatlanadi, uglerod chiqindilarini chiqarmaydi va atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Ekologik toza transport bo‘yicha Xalqaro kengash tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, elektromobil yonuvchan yoqilg‘ida harakatlanadigan avtomobillarga qaraganda o‘rtacha 29% kamroq issiqxona gazlarini ajratib chiqaradi.

«Xitoyda 2022 yilning birinchi yarmida yangi quvvat manbaga ega yonuvchan yoqilg‘i avtomobillari savdosidan ancha yuqori bo‘ldi. Raqamlarda bu 900 mingga qarshi 2,6 millionni tashkil etadi. «Yashil» transport segmentidagi asosiy ishtirokchilarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, BYD 450 000, Geely Holding esa 180 000 elektromobil sotgan.

 

Trianon Motors faoliyatining muhim qismi sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishdir. Biz mahalliy xizmat ko‘rsatish guruhini tayyorladik va kelgusida biz shoshilinch shatakka olish, favqulodda quvvatlantirish, elektr transport vositalarini joyida ta’mirlash, muammolarni onlayn hal qilish va professional maslahat xizmatlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz», – deya, ta’kidladi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis Chjang Dziyen Fey.

BYD va GEELY modellari 500 km masofani bosib o‘tish zaxirasiga ega, tezkor quvvatlantiruvchi qurilmalarda quvvatlash vaqti atigi 45 daqiqani tashkil qiladi. Yoqilg‘i tizimi, dvigatelni sovitish tizimlari yo‘qligi va transmissiya qismlari kamroqligi ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan transport vositalariga nisbatan texnik xizmat ko‘rsatishdan keyingi xarajatlarni kamaytiradi.

Trianon Motors sotilgan elektromobillarga 2 yillik yoki 50 000 km uchun kafolat beradi.

Sayt: trianonmotors.uz

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: