Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi 

O‘zbekiston 16:11 / 11.08.2022 188328

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida «Professional ta’lim muassasalariga qabul» bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish 10 sentabrga qadar (10 sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10 sentabrga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.

2022/2023 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 139 638 ta qabul kvotasi tasdiqlangan.

Shundan 149 ta kollej uchun — 59 ming 460 ta, 194 ta texnikum uchun — 80 ming 178 ta qabul ajratildi.

Ko‘proq yangiliklar: