Kam uchraydigan kasalliklarni davolash dorilari ro‘yxati kengayadi

O‘zbekiston 08:25 / 11.08.2022 1363

Sog‘liqni saqlash vazirining “Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga o‘zgartirish kiritiladi.

Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatiga kam uchraydigan kasalliklarga qo‘llaniladigan dori vositalari va tibbiy buyum kiritilmoqda.

Amaldagi ro‘yxatda 171 ta dori vositasi va tibbiy buyumlar kiritilgan. Yangi ro‘yxatga 5 turdagi dori vositalari va tibbiy buyum kiritilmoqda.

Ular: 

  • blinatumumab (monokolonal antitanacha, T-hujayralar prolefiratsiyasiga va SD19+ hujayralarni kamaytirishga imkon beradi);
  • akalabrutinib (tirozikinaza bruton ingibitori bo‘lib, surunkali limfoleykoz bemorlarida, Ph-xromosoma manfiy bo‘lgan bemorlarda ishlatiladi);
  • pomalidomid (to‘g‘ridan to‘g‘ri antimiyeloma tumoritsid faolligiga ega, immunomodulyator sifatida ta’sir qiladi va miyeloma o‘sma hujayralari o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi stromal hujayralarni faoliyatini to‘xtatadi);
  • ekulizumab (rekombinant monoklonal antitanacha hisoblanadi);
  • antimikrobli gidrogel bog‘lami miramistin bilan 7,5sm x 10sm bint  bullyoz epidermolizi (tug‘ma bullyoz epidermoliz juda kamdan kam uchraydigan irsiy kasallik hisoblanadi).
Ko‘proq yangiliklar: