Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga qabul davom etadi

O‘zbekiston 12:00 / 11.08.2022 3175

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2022-2023 o‘quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga qabul davom etmoqda:

 «Biznesni boshqarish» (Master of Business Administration – MBA) - o‘qish muddati: 2 yil (kunduzgi va sirtqi).

«Loyiha boshqaruvi» (Project Management) - o‘qish muddati: 1 yil (kunduzgi) va 1,5 yil (sirtqi).

Qabul kvotasi:

  1. 70411302 – «Biznesni boshqarish» yo‘nalishida: kunduzgi – 40 nafar, sirtqi – 60 nafar;
  2. 70411202 – «Loyiha boshqaruvi» yo‘nalishida: kunduzgi – 40 nafar, sirtqi – 60 nafardan talabalar qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

  • davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;
  • mehnat daftarchasi (kadrlar bo‘limi tomonidan imzolangan va muhrlangan holatda)
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
  • 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
  • pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa).

Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va test) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: oliy ma’lumotga va oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo‘lgan (o‘qitishning faqat kunduzgi shakliga) nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati - 2022 yil 20 iyuldan 20 avgustgacha davom etadi.

Qabul komissiyasi haftaning dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot uchun:

Telefonlar: +99871 2390310; +99871 2390317; +99871 2390315.

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

 Feysbuk: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: