AQSh O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lish jarayonida qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi

O‘zbekiston 10:28 / 11.08.2022 5621

Tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi. 2022 yil birinchi yarimida o‘zaro tovar aylanmasi 31 foizga o‘sgani va bu ko‘rsatkich 247,5 mln dollarga yetgani qayd etildi. Savdo munosabatlarini jadallashtirish hamda import-eksport operatsiyalari nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilandi.

Muloqotda investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tildi. So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonda Amerika kapitali asosida tashkil topgan korxonalar soni ikki baravar ko‘payib, 315 tani tashkil etdi. O‘zbekistonda Amerika kompaniyalari iqtisodiy ishtirokini kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirildi. Buning uchun tomonlar AQSh yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tashkilotlarini mamlakat hududida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish uchun imkoniyatlarni birlashtirishni rejalashtirdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro manfaatli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. "Yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni davom ettirish, istiqbolli sohalarda turli loyihalarni amalga oshirishda AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

Deniel Rozenblyum AQShning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga sodiqligini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: