1 yanvardan O‘zbekiston fuqarolari kriptoaktivlar bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshiradi

O‘zbekiston 16:32 / 11.08.2022 1907

Internet tarmog‘idagi axborot resurslarini monitoring qilish jarayonida O‘zbekiston fuqarolariga kriptoaktivlar bilan savdolarni amalga oshirish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, mamlakat hududida xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan turli elektron platformalar faolligi oshib borayotgani aniqlandi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston hududida faoliyat yuritish uchun o‘rnatilgan tartibda litsenziyaga ega bo‘lmagan elektron platformalar xizmatlaridan foydalanmaslikka va ehtiyot choralarini ko‘rishga, shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi natijasida ma’lumotlar firibgarlar tomonidan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Kriptoaktivlar bilan bog‘liq savdolarini amalga oshirayotgan yoki xizmatlarni tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda yoki noqonuniy maqsadlarda, firibgarlik uchun taklif etayotgan kompaniyalar haqida ma’lumotga bo‘lsa, tegishli ma’lumotni fraud@napm.uz elektron manziliga yuborish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: