Toshkentda undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkat rahbari aniqlandi

O‘zbekiston 07:33 / 10.08.2022 2825

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “O.B.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari B.X. xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 350,6 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: