Surxondaryoda o‘zbek-tojik hamkorlikdagi mashqlari yakuniga yetdi

O‘zbekiston 15:38 / 10.08.2022 4199

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, hamkorlikdagi o‘quv rejasiga ko‘ra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalariga motoo‘qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo‘linmalar tomonidan aniq zarbalar berildi.

Amaliy o‘quv yakunida O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari «Hamdo‘stlik—2022» hamkorlikdagi o‘quv ishtirokchilari va tashkilotchilarini yutuqlar bilan tabrikladi. 

Jarayonlarda faol qatnashgan har ikki davlat harbiy xizmatchilari O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirliklari tomonidan ta’sis etilgan medallar bilan taqdirlandi.

Bundan oldin Tojikiston harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish borasida qo‘shimcha shartnoma imzolangandi.

Ko‘proq yangiliklar: