Sirdaryodagi chegara bojxona postlarida maxsus mashqlar o‘tkazildi

O‘zbekiston 11:21 / 10.08.2022 8466

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda “Sirdaryo” va “Xovosobod” chegara bojxona postlari hamda “Malik” va “Oqoltin” chegara bojxona punktlarida shaxsiy tarkib jangovar shayligini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi maxsus-taktik amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bunda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, viloyat bojxona, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar boshqarmalari hamkorlikdagi tuzilmalari ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar va boshqa mol-mulklarni o‘tkazishda yuzaga keladigan vaziyatlarda chegara o‘tkazish punktlaridagi tuzilmalar hamkorlik harakatlari muvofiqlashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: