Qashqadaryoda fuqaroning fotosuratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 15:52 / 10.08.2022 8195

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Kasbi tuman bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro D.U. fuqaro Z.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 3 ming dollar talab qilib, 500 dollar va 4 dona tilla taqinchoqlarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Avvalroq, Surxondaryoda fuqaroning videolarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, 1000 dollar talab qilgan shaxs ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: